Hasanboy Do‘smatov va boshqa bokschilarimiz Hindistonda ringga chiqishadi
O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari yangi mavsumga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda. Hozirda terma jamoamiz mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.
Sportchilarimiz 28 yanvar - 2 fevral kunlari Hindistonda o‘tkaziladigan "INDIA OPEN" xalqaro turnirida ishtirok etadilar.
Hozircha mazkur musobaqada Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatovning qatnashishi malum. Turnirda ringga chiqadigan boshqa sportchilarimiz haqida esa yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi. Hozircha turnirda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik bokschilarning yakuniy ro‘yxati elon qilinmagan.
Fikrlar