
Hasanboy Do‘smatov yana havaskor boksda, u Bolgariyada xalqaro turnirda ishtirok etadi
O‘zbekiston terma jamoasi har yili Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan "A" klassdagi Strandja xalqaro turnirida ishtirok etib kelmoqda. Bu safargi musobaqa 19-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan jami 26 nafar bokschilar joy olgan bo‘lib, Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Halakov, Madiyar Saidrahimov, Saidjamshid Jafarov kabi jahon va Osiyo chempionatlari g‘olib va sovrindorlari turnirda ishtirok etadi. Shuningdek, Elshod Rasulov boshchilidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham eng kuchli tarkibda qatnashishi kutilmoqda.
Bizga hozircha ma’lum O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tahminiy tarkibi quyidagicha:
48 kg Shodiyor Meliqo‘ziev
51 kg Hasanboy Do‘smatov va Mironshoh Ibragimov
54 kg Dilshod Abduvaliev
57 kg Abdumalik Halakov
60 kg Shunqor Abdurasulov
63 kg Mujibilllo Tursunov
67 kg Javlonbek Yo‘ldoshev
71 kg -
75 kg Saidjamshid Jafarov
80 kg Odiljon Aslonov va Dilshod Ro‘zmetov
86 kg -
92 kg Madiyar Saidrahimov
+92 kg Lazizbek Mullojonov
Fikrlar