
Haydalgan murabbiy “Manchester Yunayted”ni qutqarmoqchi
“Nyukasl” saudiyalik investorlar ixtiyoriga o‘tganidan keyin bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgan Stiv Bryus “Manchester Yunayted”ni boshqarishga tayyorligini bildirdi.
Manchesterliklar doimiy bosh murabbiy tanlashda shoshilmoqchi emas va ayni paytda ular mavsum oxirigacha jamoani o‘yinlarga tayyorlaydigan mutaxassis qidirmoqda.
Stiv Bryus esa, “Manchester Yunayted”ni bu vaziyatdan olib chiqib ketishiga ishonmoqda va unga jamoani berishlarini so‘rayapti.
Ta’kidlash joizki, “Nyukasl” rahbariyati Stiv Bryusni jamoa joriy mavsumda xavfli hududga tushib qolgani uchun ishdan bo‘shatgan edi.
Fikrlar