Here we go! Uoker "Byornli" futbolchisi
"Manchester Siti" futbolchisi Kayl Uoker faoliyatini "Byornli"da davom ettiradi. Tomonlar kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, himoyachi "Byornli"ning 70 foiz o‘yinida ishtirok etsa va klu Premer-ligada qolsa, "shaharliklar" bu transferdan 5 million evro ishlab oladi.
Uoker 2017 yilda "Manchester Siti"ga "Tottenxem"dan 53 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan qishki transferlar oynasida futbolchi "Milan"ga ijaraga berildi, lekin Italiya klubi uni sotib olmadi.
Fikrlar