
Hojimat Erkinov bugun RPLda debyut qilishi mumkin
Bugun Rossiya Premer Ligasining 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi.
Legionerimiz Hojimat Erkinov harakat qilayotgan "Torpedo" o‘z maydonida "Sochi"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvda vakilimiz debyut qilishi kutilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Erkinov yaqindagida "Paxtakor"dan Moskva klubi safiga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar