“Hokim Kubogi-2018”: G‘oliblar taqdirlandi
Bugun Farg‘ona shahridagi “FarDu” stadionida “Hokim Kubogi-2018” turnirida zafar quchgan jamoalarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
“A” guruhida musobaqaning eng kuchli jamoalari ichida ko‘p ochko yiqqan “Neftchi” jamoasi guruh chempioniga aylandi.
Shu kunning o‘zida ikkinchi chempionning nomi ham aniqlandi. “V” va “S” guruhlari g‘oliblarining final bahsida Oltiarikning “Iftixor” va Namanganning “Navbahor” yoshlari to‘qnash kelishdi. O‘yinda namanganlik futbolchilar g‘olib kelishdi.
Qimmatbaho sovg‘alarni viloyat hokimi, viloyat futbol federatsiyasi prezidenti Shuhrat G‘aniev topshirdi. Mukofotlarni “Neftchi” PFK raisi Muysinjon Mexmonov, “Navbaxor” jamoasi yoshlar murabbiyi Mustafo Bayramov va bir qator sportchilar qabul qilib olishdi.
Shuningdek bir qator nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilar taqdirlandi
Musobaqaning eng yaxshi himoyachisi – Davron Mamatov (Neftchi)
Musobaqaning eng yaxshi yarim himoyachi – Abbos Maxstaliev (Neftchi)
Musobaqaning eng yaxshi hujumchisi – Anvar Berdiev (Neftchi)
Musobaqa to‘purari – Suhrob Berdiev “Qo‘qon-1912”
Fikrlar