Hoshim grek klubiga ko‘chib o‘tdi
"Milan" sobiq yarim himoyachisi Hoshim Mastur faoliyatini Gretsiyaning "Lamiya" klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 20 yoshli marokashlik futbolchi ayni damda erkin agent bo‘lgani sabab grek klubiga tekinga tushdi.
Eslatib o‘tish lozimki, Mastur o‘z vaqtida dunyoning eng iqtidorli, bo‘lajak yulduzlaridan biri sifatida e’tirof etilgan edi. Biroq, unga “Milan” safida birorta ham uchrashuvda maydonga tushish nasib qilmadi.
Fikrlar