
Hozirgi jamoangda hech narsa yutolmaysan, bizga o‘t!
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga e’tibor qaratgan. “Aristokratlar” o‘zlariga kerakli futbolchilarni olish imkoniyatlarini hozirdan o‘rgana boshladi.
London klubining nishoniga “Atletiko” tarixidagi eng qimmat transfer sohibi Joau Feliks ham tushdi. “Chelsi” yozda Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmasa, portugaliyalik o‘yinchini olib kelishni mo‘ljallamoqda.
22 yoshli Feliksga “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqyapti. Lekin “Chelsi” rahbariyati jamoa Evropa Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etayotgani, “Atletiko” yoki “Manchester Yunaytedir”ga qaraganda, ushbu xalqaro turnirda g‘olib chiqish imkoniyati yuqoriligini inobatga olib, Feliksni Londonga kelishiga ishonch bildirmoqda.
Bundan tashqari, “Atletiko” va “Chelsi” strategik hamkorlik bo‘yicha bir necha uchrashuv o‘tkazib kelayotgani ham “aristokratlar”ga ustunlik berishi aytilmoqda.
Fikrlar