Hujumchi shunaqa bo‘ladi! Xoland hech kim qilolmagan ishni uddaladi

  • 10 noyabr, 2024, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasida yangi rekord sohibiga aylandi.

Tecno

Chempionatning 11-turida “shaharliklar” safarda “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda hisobni ochgan Erling Xoland mag‘lubiyatga qaramasdan, o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ydi.

“Brayton” darvozasiga kiritilgan to‘p norvegiyalik hujumchi uchun Angliya Premer-ligasidagi75-gol bo‘ldi. Xoland bu ko‘rsatkichga erishish uchun eng kam vaqt o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Erlingga 75 ta gol urish uchun 77 ta uchrashuv kifoya qildi.

Joriy mavsumning o‘zida 24 yoshli futbolchi “Manchester Siti” tarkibida Angliya Premer-ligasida 11 ta uchrashuvda 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!