Hujumchi sirni ochmadi
“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Polshalik hujumchiga xaridor bo‘layotganlar orasida “Real” ham bor.
Levandovski “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan uchrashganini tan oldi.
- Ha, men Peres bilan bir necha marotaba suhbatlashdim. Biroq, nima haqida gaplashganimizni ayta olmayman. Aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, ayni paytda bor e’tiborimni “Bavariya”dagi ishtirokimga qaratgandim. Hozir faqat Myunxen klubi haqida o‘ylayapman, - dedi Levandovski.
Levandovski yangi mavsumni ham zo‘r o‘tkazmoqda. U Bundesligada beshta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga ettita gol urdi.

Fikrlar