Hujumda Ronaldu, Suares va Grizmann birga o‘ynaydi

  • 18.08.2020 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” omadsiz mavsumdan so‘ng tarkibini yangilashni boshladi. Ketadigan futbolchilar orasida Luis Suares va Antuan Grizmann singari yulduzlar ham bor.

Bu ikki to‘purarni “Yuventus”ni to‘liq yangilayotgan Andrea Pirlo o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Italiyalik mutaxassis Turin klubida Krishtianu Ronaldudan tashqari boshqa barcha hujumchilardan qutilishni reja qilmoqda. Agar uning maqsadi amalga oshsa, "Yuventus"da Ronaldu, Suares va Grizmanndan iborat super hujum uchligi hosil bo‘ladi.  

“Yuventus”ga keladigan hujumchilar ro‘yxatiga “Napoli”dan Arkadiush Milik, “Arsenal”dan Aleksandr Lyakazett, “Vulverxempton”dan Raul Ximenes kiritilgan. Mana endi ularning safiga Suares va Grizmann qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!