"Humo-2" pley-off uchun kurashmoqda

  • 11 fevral, 2020, 14:04
  • 0
  • Xokkey
TIGGO 2 PRO

Toshkentning "Humo-2" jamoasi o‘z maydonida Qarag‘andaning "Temirtau" klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuv bugun soat 19:00 da "Humo-Arena" muz saroyida boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Ageev shogirdlari ayni vaqtda turnir jadvalida 49 ochko jamg‘argan holda 10-pog‘onada bormoqda. "Sariarka"ning farm-klubi sanaladigan "Temirtau" hisobida esa 61 ochko mavjud va ular jadvalning 7-pog‘onasidan o‘rin olishgan.

Qayd etish joiz, oldinda "Humo-2"ni 10 ta o‘yin kutib turibdi va jadvalda kuchli sakkizlikka kirib, pley-offga chiqish uchun imkoniyat saqlanib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!