
"Humo" Oliy xokkey ligasining yangi mavsumida ishtirok etadimi?
"Humo" xokkey klubi Oliy xokkey ligasining yangi, 2021/22 yilgi mavsumini o‘tkazib yuboradi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa koronavirus pandemiyasiga oid holat barqaror bo‘lmagani bois shunday qarorga kelgan.
"Bu o‘zbek xokkeyining mahalliy muammolarini hal qilishga imkon beradi. O‘zbekiston xokkey federatsiyasi ushbu mavzuga oid batafsil ma’lumotni yaqin kunlarda e’lon qiladi. "Humo" xokkey klubi ishtirokini boshqa musobaqalarda davom ettiradi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, "qanotlilar" pandemiya bois 2020/21 yilgi mavsumni ham o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar