"Humo" tarixiga kirgan xokkeychi safga qaytdi
Toshkentning "Humo" klubi hujumchisi Ivan Belyakov jarohatidan forig‘ bo‘ldi. 21 yoshli xokkeychi 15 sentyabr sanasida "Torpedo-Gorkiy" jamoasiga qarshi bahsda og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
"Qanotlilar"ning VXLdagi dastlabki golini kiritgan Belyakov ertaga Novokuznetskning "Metallurg" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda toshkentliklarga yordam bera oladi.

Fikrlar