"Humo" xokkeychisining kelgusi taqdiri ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" xokkey klubi hujumchisi Pavel Novojilov faoliyatini Oliy Xokkey ligasida ishtirok etuvchi "Tambov" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

"Men shunday ajoyib muxlislarga ega bo‘lgan Toshkent kabi go‘zal shaharda o‘ynaganimdan juda xursandman. Bizda yaxshi jamoa bor edi va chempionlik uchun kurashishimiz mumkin edi. Albatta, kelajakda yana "Humo" uchun o‘ynashni xohlayman", - dedi Novojilov.

Ma’lumot  uchun, ushbu xokkeychi mavsum o‘rtasida "qanotlilar" safiga kelib qo‘shilgan bo‘lsada, jamoa o‘yiniga tez moslashib, debyub uchrashuvidayoq gol kiritishga erishgan edi. Keyingi bahslarda esa 1 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!