
Humoyun Mahkamov qirg‘izistonlik raqibini muddatidan avval taslim etdi
Ayni daqiqalarda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida MMA bo‘yicha "WEF126-Prof fight 53" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tarilishga ulgurdi. Jumladan, yarim o‘rta vazn toifasida yurtdoshimiz Humoyunbek Mahkamov qirg‘izistonlik Bayaman Nazaralievga qarshi jang qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz 2- raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa u professional faoliyatidagi ilk jangini o‘tkazib, rekordini 1-0 ko‘rinishga olib keldi. O‘z o‘rnida ushbu muhim g‘alaba bilan jangchimizni muborakbod etamiz.
Fikrlar