Husanov APLni qanday hayratga soldi?

  • 27.07.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon futbolining eng nufuzli va murakkab chempionati - Angliya Premier-ligasining rasmiy X-akkaunti «Manchester Siti» tarkibida to‘p suruvchi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning kuchli jihatlaridan birini alohida e’tirof etdi. 

Liga akkaunti o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinlar davomidagi eng ta’sirli epizodlaridan to‘plangan videolavhani e’lon qilib, uni «Abduqodir Husanov — juda tezkor» deb izohladi va chaqmoq belgisi emodzisini qo‘shdi. 

Videolavhani quyida tomosha qilish mumkin.

Abdukodir Khusanov is rapid 

Eslatib o‘tamiz, Husanov 2025 yilning yanvar oyidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Manchesterliklar o‘zbekistonlik yosh himoyachi uchun Fransiyaning «Lans» klubiga 40 million yevro to‘lagan edi. 

Qisqa vaqt ichida o‘zining yuksak salohiyatini namoyish qilgan Abduqodir  ayni paytda jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. 

O‘tgan mavsumda Abduqodir Husanov klub safida barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi. 

Amo Abduqodir Husanov o‘tgan mavsumda Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogi turnirlarda g‘olib chiqib, Evropadagi faoliyati davomidagi ilk nufuzli sovrinlariga ega bo‘ldi. 

Shundan so‘ng Abduqodir O‘zbekiston terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etdi — terma jamoa uch uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchradi va pley-off bosqichiga yo‘l ola olmadi.

Shunga qaramay, Husanov mundialning eng tezkor futbolchilari reytingida yuqori o‘rinlarda qayd etildi. Bundan tashqari, Abduqodir futbol ishqibozlari eng ko‘p kuzatgan futbolchilar reytingida ham yuqori qatorlardan joy oldi. 

Bu aqlga sig‘maydigan narsa! Husanovning sobiq klubiga Angliyadan g‘alati taklif keldi

O‘zbekistonning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Husanov singan oyoq bilan maydonga tushganini tan oldi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘yini katta rekord o‘rnatdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!