Husanov Eron hujumini to‘xtatib, Shomurodov raqib himoya qo‘rg‘onini buza oladimi?

  • 24 mart, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 mart kuni mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqichidagi sakkizinchi uchrashuvini safarga Eronga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Bu bahs musobaqa jadvalida jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan terma jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvi hisoblanadi.

Ayni paytda futbol jamoatchiligi uchrashuv oldidan vaziyatni tahlil qilmoqda.

- Eron terma jamoasi qatorasiga to‘rtinchi bor jahon chempionatiga chiqishi uchun O‘zbekiston bilan bo‘ladigan uchrashuvda ularni durang natija ham qoniqtiradi. O‘zbekiston esa, bu bellashuvda g‘olib chiqish orqali ochkolarini 19 taga etkazib, eronliklarga etnglashib olishi mumkin.

Eron terma jamoasi uchun saralash uchrashuvlari bir maromda o‘tmoqda. Ular turnir davomida faqatgina O‘zbekiston bilan oktyabrdagi uchrashuvda durang o‘ynab, ikki ochko yo‘qotgan xolos.

O‘zbekiston uchun peshqadam maydonidagi g‘alaba ularning ilk bor jahon chempionatiga borish imkoniyatini deyarli hal qilib beradi. Buning uchun ular bahaybat “Ozodiy” stadionidagi bosimni ham engib o‘tishi lozim, - deb yozmoqda Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sayti.

Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuvni tahlil qilayotgan ekspertlar tomonlarni durang natija qoniqtirishiga urg‘u bermoqda.

- Forslar zo‘r sport formasida: ular qatorasiga to‘rtta uchrashuvda zafar quchdi, mag‘lubiyatsiz seriyasi 11 ta o‘yinga etdi, o‘z maydonidagi oxirgi 15 ta bellashuvdan 13 tasida zafar quchgan. Jamoa hujumkor o‘yin namoyish qilmoqda. So‘nggi to‘rtta bahsda 12 ta gol urgani shundan dalolat beradi.

Bo‘lajak to‘qnashuvda O‘zbekistonga nafaqat mustahkam himoya, balki oldingi chiziqda shijoat ham kerak bo‘ladi. Timur Kapadze shogirdlari jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilgan.

O‘zbeklar eng yaqin ta’qibchilaridan olti ochko oldinda va agar Eronda mag‘lubiyatga uchramasa, mundialga chiqish imkoniyati ularning qo‘lida qoladi.

Bu terma jamoaning asosiy muammosi – samaradorlik. O‘zbekistonliklar oxirgi oltita uchrashuvda atigi beshta gol urgan xolos. Shunga qaramay, maqtanishga arziydigan ko‘rsatkich ham bor. Ular raqib maydonida oxirgi 13 ta bellashuvdan atigi ikkitasida yutqazgan xolos, sakkiz bor mezmonlarni taslim qilishni  uddalagan.

Eron o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida jahon chempionati yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritish uchun bor kuchini tashlaydi. Lekin O‘zbekiston kurashsiz taslim bo‘ladigan terma jamoa emas.

Mehmonlarning g‘alabasi musobaqa jadvalidagi vaziyatni ostin-ustun qilib tashlaydi. Durang esa, intriga saralash turniri oxirigacha saqlanib qolishini ta’minlaydi, - deb yozmoqda sportandbets.com sayti.

Ayrim ekspertlar belajak bellashuv natijaga “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning eronliklarning himoya qo‘rg‘onini yorib o‘tish mahorati va “Manchester Siti”  yulduzi Abduqodir Husanov boshchiligidagi o‘zbek himoyachilarining raqibning keskin hujumlarini bartaraf etish mahorati katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Eron hamda  O‘zbekiston  milliy  terma  jamoalari o‘rtasidagi o‘ta muhim uchrashuv 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqadimi? Bu borada Evropada nima deyishyapti?

Shomurodovga Rimdan kayfiyatni ko‘taradigan ajoyib yangilik!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
25/03/2025 19:32
Эрон ютқазиб, БАА ютқазиб, Ўзбекитсон ютиб ва ЖЧга чиқсин!
Содиржон Содиржон
25/03/2025 17:13
Нмагадир еронга нукул биз жч йуланмасини берамиз
&
Азизжон
24/03/2025 20:13
Гап йук лекин Эронликлар караб утиради