Husanov navbatdagi uchrashuvda maydonga tushadimi? Gvardiola javob berdi!
Xabaringiz bor, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Angliya Premer-ligasining 9-turida "Aston Villa" bilan kuch sinashadi.
Ushbu bellashuvdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida "shaharliklar" bosh murabbiyi ishtirok etib, hamyurtimiz Abduqodir Husanovning navbatdagi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.
"Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmagan yigitlar hali ham tayyor emas", - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Husanov jarohati sabab "Manchester Siti"ning so‘nggi 6 ta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan edi. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz futbolchisi so‘nggi bor "Arsenal"ga qarshi (1:1) to‘qnashuvda bir bo‘lim harakat qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Gvardiola: "Husanov qaytishga juda yaqin"

Fikrlar