Husanov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov mart oyida “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu joriy mavsum hisobidan o‘zbek futbolchisining klub miqyosidagi ikkinchi individual sovrinidir. Abduqodir yanvar oyida ham “shaharliklar”ning eng zo‘r o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan edi.
Umuman olganda, joriy mavsumdan beri “Manchester Siti”ning boshqa biror futbolchisi ikki marta oy futbolchisi bo‘la olgani yo‘q. Bu individual sovringa avgust oyida Tijani Reynders, sentabrda Jeremi Doku, oktabrda Erling Holand, noyabrda Fil Foden, dekabrda Rayan Sherki va fevralda Niko O’Rayli ega chiqqan.
Abduqodir Husanov mart oyining eng zo‘r futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada “Oltin to‘p” sohibi Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirdi. Legionerimiz ushbu sovrinni qo‘lga kiritganidan keyin klub matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.
Sports.uz portali ushbu intervyuni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- Abduqodir, tabriklaymiz, sen mart oyida “Etihad”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lding. His-to‘ygalaring qanday bo‘ldi?
- Ha, hammasi yaxshi, rahmat.
- Birinchi savol: jamoadagi eng yaqin do‘sting kim?
- Hammasi.
- Manchesterdagi ob-havo haqida nima deysan?
- Yomon emas.
- Hayotingda kim seni ilhomlantiradi?
- Oilam.
- “Manchester Siti” bilan ilk sovrinni qo‘lga kiritgandingda qanday hissiyot bo‘ldi?
- Juda ajoyib, juda xursandman.
- Kim tezroq: Husanovmi yoki Doku?
- Bilmayman. O‘ylashimcha, Doku.
- Futboldan tashqari nima bilan shug‘ullanasan?
- FIFA o‘ynayman.
- Bu mavsumda sen uchun eng muhim lahza qaysi bo‘ldi?
- Angliya ligasi kubogidagi g‘alaba.
22 yoshli Abduqodir Husanov joriy mavsum “Manchester Siti”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. U Xosep Gvardiola jamoasida barcha turnirlarda o‘ttizta uchrashuvda ishtirok etdi. Husanov bu bahslarning aksariyatida boshlang‘ich tarkibdan joy olgan.
Fikrlar