Husanov PSJ yoki “Tottenxem”da o‘ynaydi...

Abbosbek Fayzullaev — O‘zbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.

2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.

Sports.uz portali ushbu intervyuning bir necha qismda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

1-Qism:

Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...

2- Qism:

Fayzullaev: Xudo bersa, “Barselona”ga boraman!

3-Qism:

Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...

4-Qism:

Fayzullaev: Yaqinlarimni Monakoga olib ketaman!

Davomi:

— O‘zbekiston Prezidenti bilan suratingni ko‘rdik. Prezident bilan gaplashganmisan?

— Ha, ikki marta. Biz 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘olib chiqqanimizda, u kishi kubokni bizga o‘zlari topshirdilar.

Shavkat Mirziyoev Prezident sifatida ilk bor futbol uchrashuviga kelgandi. Prezidentimiz qo‘lidan bosh sovrinni olish – ikki karra faxrdir.

Ikkinchi marotaba shu yili Olimpiadadan keyin uchrashdik. Prezident men va yana ikki yigit – Abduqodir Husanov va Husniddin Aliqulov bilan uchrashdi.

— Nima dedi?

— U kishi haqiqatan futbol tomosha qiladilar. Muvafaqiyatlarimizni kuzatib boradi. Menga “Senga to‘p tushganida, darhol xavfli vaziyat kutaman. Ota-onangga rahmat, to‘xtama”, degan edi.

Buni ota-onamga aytganimda, baxtdan  “ettinchi osmonda uchishdi”.

— Sen Husanov deding. Bu PSJga o‘tishi haqida aytilayotgan futbolchimi?

— Ha. Bu yigi yaqinda Belarus chempionatida o‘ynab yurgandi. Endi unga PSJ, “Tottenxem” kabi grand klublar jiddiy qiziqyapti.

Bu terma jamoadagi o‘yinlar futbolchining kelajagiga ta’sir qilishi, yaxshi reklama, ekanidan dalllat beradi.

— Husanov haqiqatan zo‘rmi?

— Ha. Darajasi Evropaga bemalol tortadi. Abduqodir mening yaqin do‘stim, ko‘p gaplashamiz, terma jamoa yig‘inlarida bir xonada yashaymiz.  Men uning qanday yigit ekanini va nimalarga qodirligini yaxshi bilaman.

Husanov har qanday top-klubda o‘ynab keta oladi. PSJ va “Tottenxem” darajasidagi o‘yinchi.

Unda mutlaq hamma xususiyatlar – texnika, kuch-quvvat, birinchi pas, barchasi bor. Tezligi haqida aytmasa ham bo‘ladi, u O‘zbekistonning eng tezkor o‘yinchisi.  Tezligi dahshat.

— Sendan ham tezkormi?

— Yuz foiz. Men qisqa masofalarga yaxshi yuguraman. Husanov qadamlari kattaligi bois, uzoq masofani ham juda tez bosib o‘tadi. Bir uning tezligini o‘lchagan edik – odatda, soatigi 35 kilometr tezlikda yuguradi.

Davomi bor...

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!