Husanov “Tottenxem”ga o‘tib ketmasin! Superklub Abduqodirga taklif beradigan bo‘ldi

  • 12 dekabr, 2024, 19:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasi ochilishiga tobora kam vaqt qolmoqda. Evropaning grand klublari transferlarni rejalash bosqichidan amaliy harakatlar qismiga o‘tadigan bo‘lyapti.

Tecno

“Chelsi” istiqbolli va iqtidorli  yosh o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olish dasturi bo‘yicha Abduqodir Husanovni transfer qilishga urinib ko‘radigan bo‘ldi.

ChelseaNews nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari Frantsiya chempionatida o‘rqin o‘yin ko‘rsatayotgan o‘zbek himoyachi transferi masalasida “Lans”ga murojaat qiladi. “Aristokratlar” 20 yoshli himoyachiga Angliya Premer-ligasining bir necha klubi va Frantsiyaning o‘zidan PJS jiddiy qiziqish bildirayotgani bois, transfer harakatlarini tezroq boshlashi ma’qul ko‘rdi.

Ayni paytda “Chelsi”ning asosiy markaziy himoyachisi Uesli Fofana jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmayapti. Biroq bu o‘yinchi bir oy ichida yana safga qaytadi. “Chelsi” mutasaddilari taqvimning tig‘izligi va futbolchilar keyingi paytda ko‘p jarohatlanayotganini inobatga olib, tarkibga yana bir yosh markaziy himoyachi olib kelish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan.

“Stemford Bridj” egalari Abduqodir Husanovni olish oson bo‘lmasligini yaxshi anglab turibdi. Chunki “Lans” o‘z etakchisiga qattiq bog‘lanib qolgan. Bu orada Husanovning  Transfermarkt portalidagi narxi keskin ko‘tarilib, 12 million evroga etdi.

Lekin xaridorlarning bari lansliklar legionerini bu narxga bermasligini biladi. Angliyalik ekspert Mayk Makgrat Husanovning transfer summasi 25 million funtdan oshishini taxmin qildi.

Bir necha kun oldin Husanov uchun kurashda “Tottenxem” fovaritga aylangan edi. Bu jamoa himoya markazida tezkor futbolchilar – Miki Van de Ven va Abduqodir Husanov tandemini tashkil etmoqchi.

“Chelsi” klubi faoliyatini yoritib kelayotgan  ChelseaNews manbasiga ko‘ra, “aristokratlar” o‘yinchining raqib jamoaga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas va ana shu maqsadda, yanvar oyidayoq Husanov bo‘yicha ilk taklifini beradigan bo‘lyapti.

Klub rahbariyati agar qishki  transferlar davrida o‘zbek futbolchisini qo‘lga kiritish imkoni bo‘lmasa, bu amaliyotni yozga qoldirmoqchi. Londonliklar mavsumning qolgan qismida “Lans” himoyachisining o‘yinlari muntazam kuzatib borishni rejalashtirgan.

Shu o‘rinda, “Chelsi” Husanov bo‘yicha yana bir variantni tayyorlab qo‘ygan. Agar “Lans” o‘yinchining transferini yozga qoldiradigan bo‘lsa, londonliklar Frantsiya klubiga o‘zbek himoyachisini mavsum oxiriga qadar ijaraga berishni so‘raydi. Transferning qolgan qismi yozda bafurja hal qilinadi.

Evropa matbuoti tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisiga “Pari Sen-Jermen”, “Olimpik Marsel”, “Atletiko Madrid”, “Napoli”, “Atalanta”, “Bayer”, “Nyukasl”, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Chelsi”, “Vest Xem”, “Leyptsig” kabi o‘ndan ziyod klublar qiziqish bildirmoqda.

Demak, yaqinlashib kelayotgan oldindagi ikki transfer oynasi davrida Abduqodir Husanovning bozori qaynaydigan bo‘lyapti. Legionerimiz atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

Husanov endi bu "taxt"ni hech kimga bermasa kerak...
“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevga Evropada yordamlashadigan futbolchi topib berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!