Husanov yil futbolchisi bo‘lish imkoniyati qanday baholanmoqda?

  • 19.05.2026 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya ligasi kubogi va Angliya kubogi kabi ikki nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan va mamlakat chempionligi uchun kurashni davom ettirayotgan “Manchester Siti” klubi mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil qilgan.

Birinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan uch futbolchi nomzodi – so‘rovnomaning yakuniy qismiga qo‘yildi.

“Shaharliklar” dunyo bo‘ylab yoyilgan muxlislari Jeremi Doku, Niko O'rayli va Abduqodir Husanov  nomzodlari orasidan mavsumning eng zo‘r o‘yinchisini ovoz berish yo‘li bilan aniqlab berishi lozim.

Sports.uz portali “Manchester Siti”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu tanlov bo‘yicha muxlislar bildirayotgan fikr-mulohazalar va munosabatlarni o‘rganib chiqdi. Fanatlarning aksariyati “Manchester Siti”ning yil futbolchisi nomiga Abduqodir Husanovni munosib ko‘rmoqda.

Aziz Muslimov: Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da mavsumning eng yorqin futbolchilaridan biri bo‘lish uchun haqiqiy imkoniyatga ega. Chunki u yosh himoyachilarda kam uchraydigan sifatlarni namoyon qilmoqda: hotirjamlik, aql va yuqori darajadagi barqarorlik. U faqat himoya qilmaydi — maydonni nazorat qiladi, xavfni oldindan his qiladi va bosim ostida ham sovuqqon qoladi. “Siti” tizimida bu uni oddiy iqtidori himoyachidan ko‘ra kattaroq figuraga aylantiradi.

Carlito D'LaMora: Niko O’Rayli kashfiyot bo‘ldi, Abduqodir Husanov esa syurpriz, Doku esa eng yaxshisi.

Ikuku: Sovrinni Abduqodir Husanovga bering. Bu safar himoyachi g‘olib bo‘lishi kerak.

Imnonophele Hans: Hammamiz tan olishimiz kerak, Abduqodir Husanov “Manchester Siti”dagi ilk mavsumida juda yaxshi himoya qildi. U ikki sovrin yutishga yordam berdi. U haqiqatan ham jamoa himoyasini ushlab turdi. U mavsum futbolchisi bo‘lishga munosib.

Kevin Balderstone: Abduqodir Husanov kelajak uchun ajoyib futbolchilardan biri. Keyingi mavsumda u yanada kuchli bo‘ladi.

Morris Baha: Hammasi ajoyib o‘ynadi, lekin men O’Raylini tanlayman. Ammo Abduqodir Husanov ham bu mukofotga munosib, u juda kuchli rivojlandi.

Jumbo Khumalo: Qiyin tanlov, lekin Dokuga beraylik. Abduqodir Husanov va O’Rayli ham ajoyib o‘ynadi.

Lastborn De Nicholuz: Dokuni tanlayman, lekin ich-ichimdan Abduqodir Husanov g‘olib bo‘lishini xohlayman.

Shawki Areibi: Abduqodir Husanov aniq munosib. Yaxshi himoya bo‘lmaganida “Siti” APLda ikkinchi o‘rinda ham bo‘lolmasdi.

Mweemba Mweemba: Men uchun juda qiyin. Abduqodir Husanov va O’Rayli orasida tanlayman. Mukofotni Husanov olsin.

Isaac Harsela: Abduqodir Husanov markaziy himoya chizig‘ini nazorat qilmoqda.

Peter Rooke: Uchovlon ham mavsum futbolchisi bo‘lishga munosib. Ammo men chin dildan Abduqodir Husanov g‘olib bo‘lishini istayman.

Øñålè Kìtsø: Abduqodir Husanov — yuqori darajadagi mahoratli futbolchi.

Gofah Baipidi: Shu uchlik orasida men Abduqodir Husanovni tanlayman. Ammo O’Rayli ham bu mavsumda juda zo‘r o‘ynadi.

Ïɓsä Mci: Abduqodir Husanov hozirgi paytda “Manchester Siti”ning eng yaxshi markaziy himoyachisi.

Alrick Pinto: Abduqodir Husanov “Chelsi”ga qarshi dastlabki o‘yinidagi xatosidan keyin deyarli boshqa xatoga yo‘l qo‘ymadi.

Connor Rigby: Jeremi Doku, Niko O’Rayli va Abduqodir Husanovni mavsum futbolchisi sovrini uchun qisqa ro‘yxatga kirgani bilan tabriklayman.

Mathijs Sakala: Mukofotni Abduqodir Husanovga bering. U to'pni o‘tkazib yubormaslik uchun tanasini aymaydi.

Mohamett Abdifitah: Abduqodir Husanov — yashirin qahramon.

Sniperdadrex Dadrex: Abduqodir Husanov tarafdorlari, kelinglar shu yerga yig‘ilaylik.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov mavsum davomida ikki marta – yanvar va mart oylarida jamoasining eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlangan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!