Husanovning jamoasi Chempionlar ligasidagi ishtirokini davom ettiradimi?

  • 23 yanvar, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ettinchi turida PSJdan 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan “Manchester Siti” musobaqa jadvalida xavfli hudud – 25-o‘ringa tushib qoldi.

Yangi formatda o‘tkazilayotgan turnir qoidasiga ko‘ra, jami 36 ta ishtirokchidan faqat 24 tasi musobaqani davom ettiradi.

Opta statistika platformasi kompyuteri “Manchester Siti”ning Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettirish imkoniyatini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, “shaharliklar”ning musobaqada qolish imkoniyati 63,8 foizga baholanmoqda. Buning uchun Xosep Gvardiola shogirdlari umumiy bosqichning oxirgi – sakkizinchi turida Belgiyaning “Bryugge” jamoasini mag‘lub etishi kerak.

Abduqodir Husanovning yangi jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga chiqish imkoniyatidan ayrilgan. Agar “Manchester Siti” oxirgi uchrashuvda g‘olib chiqib, 25-pog‘onadan yuqori ko‘tarila olsa, nimchorak finalga chiqish uchun bo‘ladigan o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!