Husanovning jamoasi uchta maqsad sari kurashadi

  • 29 yanvar, 17:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” joriy mavsumda chempionlik unvonini munosib himoya qila olmadi. Bunga tarkibdagi kamchiliklar tufayli o‘yin sifati va ko‘rsatkichlar tushib ketgani sabab bo‘ldi.

Tecno

Endi “shaharliklar” yanvar oyidayoq jamoaga Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Umar Marmushni qo‘shib oldi.

“Manchester Siti” etakchilaridan Fil Foden jamoa uchta maqsad uchun kurashishini ma’lum qildi.

- Joriy chempionatda kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qilamiz. Shuningdek, Evropa Chempionlar ligasida hamda Angliya kubogida g‘olib chiqishimiz lozim. Bu biz uchun murakkab mavsum bo‘ldi, lekin maqsadlar o‘zgarmay qolaveradi. Barchamiz muvaffaqiyatga erishib, Premer-ligadagi vaziyatni o‘nglay olishimizga ishonamiz, - dedi Fil Foden.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!