Husanovning sobiq jamoasiga hushxabar!
Juma oqshomida “Anje”ni 5:1 hisobida yanchib tashlagan "Lans" jamoasi hozirda Frantsiya chempionatida vaqtincha birinchi o‘rinda bormoqda. Garchi PSJda hali o‘yinlar bo‘lsa-da, bu g‘alaba parijliklarga yaxshigina bosim o‘tkazdi.
Lekin muxlislar uchun eng muhim xabarni o‘yindan so‘ng jamoa murabbiyi Pyer Saj ma’lum qildi. Uning aytishicha, terma jamoalar tanaffusidan so‘ng tarkibdagi bir nechta asosiy futbolchilar safga qaytadi.
Kimlar maydonga qaytadi?
Murabbiyning ta’kidlashicha, kutilayotgan muhim bahslarda quyidagi futbolchilar jamoaga yordam bera oladi:
Ruben Aguilar
Samson Baydu
Uesli Said
Artur Matyu-Ekyu (u o‘zining oxirgi diskvalifikatsiya o‘yinini o‘tab bo‘ldi).
Bu yangilik “Lans” uchun ayni muddao bo‘ldi. Chunki tanaffusdan keyin jamoani “Lill”ga qarshi juda muhim “Shimol derbisi” kutib turibdi.
Hozircha "Lans" jadvalda birinchi o‘rinda, PSJ esa shanba oqshomida “Nitsa” mehmoni bo‘ladi. Murabbiy Pyer Sajning aytishicha, agar hammasi rejadagidek ketsa, jarohatdan qaytgan bu o‘yinchilar bilan “Lans” yanada kuchayadi.
Fikrlar