Husanovning "Solford Siti"ga qarshi o‘yini necha ballga baholandi?

  • 14.02.2026 22:44
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya kubogining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" oz uyida "Solford Siti"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Abduqodir Husanov bir qator statistik portallar tomonidan baholandi.

Jumladan, SofaScore o‘zbekistonlik himoyachining harakatlariga 7.1 ball qo‘ygan bo‘lsa, FotMob 7.5 ball bilan baholadi. Shuningdek, Flashscore portali ham Husanovning o‘yinigga 7.4 ball qo‘ydi.

Uchrashuv davomida himoyachining a’lo darajadagi uzatmasidan so‘ng Umar Marmush gol urdi, biroq mazkur gol ofsayd sabab bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" keyingi o‘yinini APL doirasida "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!