Husniddin Aliqulov mashg‘ulotlarga qaytdi!

  • 25.03.2025 00:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va Turkiyaning "Rizespor" klubi markaziy himoyachisi Husniddin Aliqulov mashg‘ulotlarga qaytdi. Klub rasmiy sahifasi legionerimizning mashg‘ulotlarda qatnashayotgan rasmini joyladi.

25 yoshli himoyachi Turkiya Superligasi 27-turi doirasidagi "Bodrum"ga qarshi bahsning 44-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Shifoxonada o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng uning burni va yonoq suyagida sinish tashxisi qo‘yilgan edi. 

Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Eron bilan bellashadi va bahs 21:00da start oladi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
25/03/2025 08:10
Хусниддин терма жамоага ёрдам бера олмайди