Ian Garri: "Bu bir tomosha xolos, hammasi aslida soxta"
Taniqli MMA jangchisi Ian Garri muxlislarnig internetdagi fikrlari va hayotdagi munosabati oʻrtasida katta farq borligini taʼkidladi.
Amaldagi chempion Islom Maxachevga qarshi toʻqnashuv 28 yoshli irlandiyalikni muhokamalar markaziga olib chiqmoqda va bu, odatdagidek, muxlislar orasida ikki xil munosabat uygʻotyapti. 2023 yil oxiri va 2024 yil boshlarida "Machado" internetda qattiq tanqid ostida qoldi, koʻplab izohlar uning oilasi va turmush oʻrtogʻiga qaratildi. Oqibatda Garri bir muddat Instagram dagi postlarning izoh qismini oʻchirib qoʻydi.
“Jangchilarga internetda boʻlayotgan munosabat mutlaqo sunʼiy. Menga qarshi nafratomuz gaplar boʻlgan, lekin hayotda odamlar bilan yuzma-yuz uchrashganimda faqat mehr va hurmat koʻrsatishadi. Bu bir tomosha. Hammasi soxta. Men bunga umuman eʼtibor bermayman. Onlayn aytilgan har qanday soʻz faqat onlaynda qoladi”, — dedi Garri.
Maʼlumot uchun, Dublinda tugʻilgan sportchi 15 avgust kuni Islom Maxachevga qarshi UFC ning yarim oʻrta vazn toifasidagi kamari uchun jang qiladi.

Fikrlar