
IBA prezidenti barcha sport tashkilotlarini Rossiya va Belarusga nisbatan taqiqlarni olib tashlashga chaqirdi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov tashkilot boshqaruvining Rossiya va Belarus bokschilariga nisbatan barcha taqiqlarni olib tashlash qaroridan so‘ng nutq so‘zladi.
“Men barcha xalqaro uyushmalarga mana shunday qaror qabul qilishga chaqiraman, chunki bu to‘g‘ri qaror.
Bizning sport amaldorlari sifatidagi vazifamiz sevimli sportchilarimizni himoya qilish va har narsada tinchlikparvar bo‘lish, barchani tinchlikka chaqirishdir. Sport dunyoga yaxshilik keltirish uchun yaratilgan.
Men barchani qarorlarimizga qo‘shilishga chaqiraman”, — dedi Kremlyov.
Fikrlar