Ibragimovich: Ey, Bekxem, bugun Angliya shvedlarni engsa, men senga bepul kechki ovqat taklif qilaman

  • 7 iyul, 2018, 12:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich JCh-2018 chorak finalidan o‘rin olgan Shvetsiya – Angliya o‘yini oldidan angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zaro bahs boyladi.

Tecno

Dastavval Zlatan o‘zining Instagram sahifasi orqali shunday deb Beksga murojaat qildi.

“Ey, Bekxem, agarda, Angliya Shvetsiyani engsa, men senga dunyoning istalgan burchagida kechki ovqat olib beraman. Agarda, Shvetsiya g‘alaba qozonsa, sen menga IKEA (Gollandiyaning mashhur ishlab chiqaruvchisi) olib berasan. Kelishdikimi?”.

O‘z navbatida Bekxem ham bu chaqiruvni javobsiz qoldirmadi.

“Shvetsiya yutsa, shaxsan o‘zim IKEA olib beraman. Agarda, Angliya g‘alaba qilsa, sen “Uembli”ga inglizlarning biror o‘yiniga “uch sherlar” libosida kelasan va tanaffusda qovurilgan baliq hamda kartoshka eysan”.

Eslatib o‘tamiz, Angliya – Shvetsiya o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi va saytimiz orqali onlayn matnli translatsiya qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!