Ibragimovich "Milan"ning yangi transferini e’lon qilib qo‘ydi

  • 19 yanvar, 2021, 12:23
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Kalyari"ga qarshi (2:0) o‘yindan so‘ng jamoaning yangi futbolchisi Mario Manjukich haqida fikrlarini bildirdi.

"Mario klub bilan shartnoma imzoladi, u "Milan" futbolchisiga aylandi. Endi u bilan birgalikda raqiblarni qo‘rqitamiz", -  deya aytib o‘tdi Ibragimovich.

Oldinroq, Manjukich "rossonerilar" bilan iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagani xabar qilingan edi. "Milan" rahbariyati ushbu transfer haqida rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Xorvatiyalik forvard o‘tgan qishki transfer oynasi vaqtida "Yuventus"dan "Al-Duxail" klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq futbolchi va Osiyo klubi iyun oyida shartnomani bekor qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!