
Ibragimovich Rim papasi bilan nega uchrashdi?
"Milan" hujumchi Zlatan Ibragimovich Rim papasi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchi Rim papasiga “Adrenalin” nomli kitobni sovg‘a qilgan.
"Men nimadir olib keldim va uni shaxsan sizga etkazmoqchi edim. Bu hikoyalarimning bir qismi. Kitobda mening hayotim tasvirlangan", - dedi Ibragimovich.
"Men uni zavq bilan o‘qiyman", - deb javob berdi Rim papasi.
40 yoshli Ibragimovich “Milan” safida jami 14 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar