Ibragimovich tarixiy uchrashuvda maydonga tushdi

  • 18 yanvar, 2022, 14:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan" safidagi uchrashuvlari sonini 150 taga etkazib oldi.

40 yoshli futbolchi yubiley o‘yinini "Spetsiya"ga qarshi o‘tkazdi. Afsuski, ushbu bahsda “rossonerilar” kutilmaganda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Zlatan “Milan” safida o‘tkazgan 150 ta uchrashuvi davomida o‘z hisobiga 92 ta gol va 35 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ibragimovich "Milan" safida 2020 yilning yanvaridan buyon o‘ynab kelmoqda. U bundan avval 2010-2012 yillarda ham ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!