Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: Terma jamoada faqat sog‘lom raqobat bo‘lishi kerak
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Srechko Katanets boshchiligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Biz yaqindagina Rossiya Premer-ligasi klubi "Nijniy Novgorod" safiga borib qo‘shilgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning fikrlariga qiziqdik:
"Yangi bosh murabbiy Srechko Katanets bugun biz bilan majlis o‘tkazdi va o‘z g‘oyalari bilan tanishtirdi. Birinchi navbatda, u terma jamoada tartib o‘rnatishini aytdi. Katanetsning boshqa murabbiylardan farqi bor. U talabchanroq va bizga doim birgalikda yurishimiz kerakligini ta’kidladi.
Rossiyaga borganimga 1 hafta bo‘ldi. 2 kun mashg‘ulot o‘tadim va asosiy tarkibda maydonga tushdim. Ishonch uchun Kerjakovga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Endi oldimizdagi o‘yinlarda uning ishonchini oqlashga bor kuchim bilan harakat qilaman.
Menga Evropaning boshqa klublaridan ham takliflar bor edi. "Jenoa" borasida Eldor Shomurodov bilan maslahatlashdim. U avval Rossiyada o‘zimni ko‘rsatishim, keyinchalik yanada kuchliroq jamoalarga o‘tishim kerakligini aytdi. O‘zim ham shuni rejalashtirayotgan edim.
Terma jamoa doim eng muhimi bo‘lib qoladi. Bu erda faqat sog‘lom raqobat bo‘lishi kerak. Sayfiev bilan oramizda ham aynan shu narsa bo‘lishini xohlardim.
Fikrlar