Ibrohimovich: Genrixga chiroyli gol urishni men o‘rgatdim

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
Angliya premer-ligasining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrohimovich jamoadoshi Genrix Mxitaryanning goli ligada eng chiroyli gol deya e’tirof etilganidan mamnunligini yashirmadi.
- Genrixning "Sanderlend" darvozasiga urgan goli haqiqatan ajoyib edi, - deydi Zlatan Ibrohimovich. - Odamlar uzoq vaqt buni eslab yuradi. Biz Mxitaryan bilan aynan shunaqa zarbani mashq qilgan edik. Men unga qanaqa pas zarurligini, to‘pni qaysi usulda tepish kerakligini, harakat yo‘nalishini o‘rgatganman. Chiroyli golga sherikman.
Zlatan Ibrohimovich Angliya chempionatida 19 ta o‘yinda 13 ta gol urdi. Mxitaryan esa 10 marta maydonga tushib, bir juft golga mualliflik qildi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!