Igor Litovka: "Raqibning xatolaridan foydalana olmadik, ular esa buni uddalashdi"

  • 14.08.2023 17:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Andijon" jamoasining “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvida ukrainalik Igor Litovka garchi o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqqan bo‘lsa-da, o‘zidan yomon taassurot qoldirgani yo‘q. Futbolchi mazkur uchrashuv haqida shunday dedi:

“Albatta, bunday o‘yinda yutqazish alamli bo‘ldi. Lekin futbolda shunday holatlar ham bo‘lib turadi. Biz raqib xatolaridan foydalana olmadik, ular esa buni uddalashdi.

O‘yin oxirgi soniyalargacha shiddatli o‘tdi. Bu o‘yingacha mag‘lubiyatsiz seriyamizni davom ettirayotgan edik. Albatta, yoqimsiz holat bo‘ldi. Lekin xayot davom etadi. Keyingi bahslarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hali o‘yinlar ko‘p, keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonamiz.

Uzoq yo‘l bosib kelib, stadiondan qo‘llab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Ular bizga shunday muhit yaratdilarki, go‘yo o‘z maydonimizda o‘ynagandek bo‘ldik. Xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi bellashuvlarda albatta g‘alaba qozonamiz”, - deydi Litovka.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!