Igor Sergeev Qozog‘istonda xet-trikka erishdi. Barcha gollar videosi

CHERY AUTO

Bugun Qozog‘iston Premer-ligasida 10-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtimiz Igor Sergeev faoliyat olib boradigan "Aktobe" jamoasi safarda "Jetisu"ga qarshi bahs olib bordi va 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

E’tiborlisi, mazkur bellashuvda Sergeev raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritib, xet-trikka erishdi va joriy mavsumdagi gollari sonini 6 taga etkazib oldi.

Qozog‘iston Premer-ligasi. 10-tur

"Jetisu" - "Aktobe" 1:5

Gollar: Ravil Atixanov (7) - Yuriy Pertsux (10), Igor Sergeev (31, 71,74), Boyan Dubayich (60)

Chetlatishlar: Filip Ipole, 29 (ikkinchi sariq) - Armen Manucharyan, 5 (qizil kartochka).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!