
Igor Sergeevning yangi jamoasi uni qanchaga transfer qilganini bilasizmi?
Qozog‘istonning «Aktobe» klubidan "Tobol"ga ko‘chib o‘tgan Igor Sergeevning transfer narxi ma’lum qilindi. Bu haqda Meta-ratings.kz sayti xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Tobol" o‘zbekistonlik hujumchi uchun 70 ming evro to‘lagan. Aynan shuncha mablag‘ hamyurtimizning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli hisoblanadi.
"Aktobe" Sergeevni tekinga qo‘yib yuborishni istamadi. "Tobol" klubi murabbiylar shtabi Igorni chempionlik unvoni uchun kurashda jamoaga yordam berishiga ishonadi.
Qolaversa, Igor Sergeev boshqa futbolchilarning sog‘lig‘idagi muammolar sabab sotib olindi.
Fikrlar
+500 агар 10 очко келтирса деган шар и билан сотиб олганку сергев 35000минг болиши мумкин эмас
Ҳа ҳа ҳа...