Ikki APL grandi "Galatasaray" futbolchisini nishonga oldi

  • 04.10.2026 17:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Galatasaray» yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga Angliya premer-ligasining ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli rossiyalik futbolchini «Manchester Yunayted» va «Chelsi» skautlari kuzatishni davom ettirmoqda. Fotomac nashri Takvim manbasiga tayanib xabar berishicha, ingliz klublari vakillari «Galatasaray» – «Barselona» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvini stadionda tomosha qilishni rejalashtirgan. Ular Batrakovning o‘yinini shaxsan baholashni istamoqda.

Manbalarga ko‘ra, ushbu jamoalar futbolchiga uning «Lokomotiv» tarkibida to‘p surgan davridanoq qiziqish bildirgan. Biroq o‘sha paytda amalda bo‘lgan cheklovlar sabab ehtimoliy transfer amalga oshmay qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Batrakov 2026 yil avgust oyida «Lokomotiv»dan «Galatasaray»ga o‘tgan. Istanbul klubi yosh yarim himoyachi uchun 25 million yevro to‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!