Ikki nafar hakamimiz Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishlaydi
Xabaringiz bor, kelasi yilning bahorida Qatar yashil maydonlarida U-23 Osiyo Kubogi musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqaning saralash bahslari esa ertaga start oladi.
Ahamiyatli jihati shundaki, saralash bosqichiga chaqirilgan vakillarimiz ham ertaga o‘z debyutini amalga oshiradi. 2 nafar FIFA hakamimiz — Ahrol Risqullaev hamda Sanjar Shoyusupov Koreyaning Changvon shahrida o‘tishi rejalashtirilgan “B” guruhi doirasidagi Janubiy Koreya U-23 –Qatar U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun tayinlov olgan.
Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan ertaga, 6 sentabr kuni soat 16:00 da start oladi. Hakamlarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz.
O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar