Ikki nafar ispaniyalik mutaxassis Bekoboddagi akademiyada ish boshladi

  • 8 noyabr, 2021, 09:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bekobodda “Metallurg” klubi bilan hamkorlikda ish boshlagan El Golazo akademiyasi reja bo‘yicha ish faoliyatini olib boryapti.

Ma’lum bo‘lishicha, u erga yaqinda yana ikki nafar ispaniyalik mutaxassis jalb qilindi. Xuan Karlos Korrea - “Real Madrid Foundation” tomonidan yuborilgan texnik direktor yordamchisi sanaladi. U aynan “Real Madrid Foundation” mashg‘ulotlar dasturini tadbiq etish bo‘yicha mas’ul mutaxassis.

akademiya1 

Bunga qadar “Real”, “Barselona” va “Tenerife” klublarining skauti bo‘lib ishlagan. 2002-2008 yillar davomida “Guiga de isora” futbol klubi koordinatori  va bosh murabbiyi. 2013-2014, 2016-2017 “UD Aguilas” klubi bosh murabbiyi. 2017-2018 “CD Laguna” bosh murabbiyi. Shuningdek, “CD San Miguel” klubida ham ishlagan.

akademiya

Bundan tashqari, yana bir ispaniyalik mutaxassis – Diego Suares ham ushbu akademiyada ish boshladi. U jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy hisoblanadi.

Suares ham bu erga kelguniga qadar Ispaniyada bir qancha futbol dargohlarida ishlagan va tajriba to‘plagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!