Ikki yulduz Gvardiolani xavotirga solib qo‘ydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining kelajagi borasida jiddiy xavotirda ekani haqida xabarlar tarqatila boshlandi.
Chunki jamoa oʻyiniga kuchli taʼsir oʻtkazadigan ikki nafar yetakchi yarim himoyachilar – Bernardu Silva va Rodri mavsum yakunida klubni tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, Rodri va Bernardu nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham katta taʼsir kuchiga ega, shuning uchun ularning ketishi “shaharliklar” natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida faoliyatini davom ettirish uchun barcha variantlarni koʻrib chiqmoqchi. Unga “Pari Sen-Jermen”, “Yuventus” va “Benfika” qiziqish bildirmoqda.
“Oltin toʻp” sohibi Rodri holatida esa uning “Real”ga oʻtishi ehtimoli istisno etilmaydi. Biroq, manchesterliklar 2017 yildan beri jamoada oʻynab kelayotgan Bernardu Silvaning ketishini qabul qilgan boʻlsa, 2019 yili “shaharliklar” safiga kelgan Rodrini yangi shartnomaga koʻndirishga harakat qilyapti.
Fikrlar