Ikki yunon-rum kurashchimizda bronza uchun imkoniyat mavjud
Sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha bugungi baxslarda ishtirok etgan ikki vakilimiz bronza medali uchun o‘tish bahslarida ishtirok etadi. 60 kg vazn toifasidagi eng umidli sportchimiz Elmurat Tasmurodov 1/8 finalda kutilmaganda yaponiyalik Kenichiro Fumitaga yutqazib qo‘ygan edi. Yaponiyalik kurashchi esa, yo‘lida uchragan barcha raqiblarini mag‘lub etib, finalga yo‘l olishi bilan birga Elmuratga shunday imkoniyatni taqdim etdi.

77 kg vaznda ishtirok etayotgan yana bir yurtdoshimiz Djalgasbay Berdimuratov ham vengriyalik Tamas Lorinsdan mag‘lubiyatga uchragan edi. Tamas ham 1/2 finalda mezbon Asxat Dilmuxammedovni mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi. Bu natija yurtdoshimizni ham bronza medali uchun o‘tish bahslarida ishtirok etishini ta’minladi.


Fikrlar