
Ikkita gol urgan Saloh “Liverpul”ni tanqid qildi
Angliya Premer-ligasining 28-turida musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” futbolchilari autsayder “Sautgempton” bilan kuch sinashdi.
“Enfild”dagi bellashuvda hisobni “avliyolar” ochd. Keyin Darvin Nunes vaziyatni tenglashtirgan bo‘lsa, Muhammad Salohning dubli 3:1 hisobidagi g‘alabani ta’minladi.
Uchrashuv qahramoni bellashuvdan keyin jamoa o‘yinini tanqid qildi.
- Qiyin o‘yin bo‘ldi, raqibning bu uchrashuvga maxsus rejasi bor ekan. Bahsning birinchi yarmida ularning ishi ancha yurishdi. Men ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglay olganimizdan xursand bo‘ldim.
Birinchi bo‘limda biz juda sekin harakat qildik, ehtiyotsizlik qildik va oxirida to‘p o‘tkazib yubordik. Bu ham bir tajriba bo‘ldi.
Yaxshi o‘ynadik, deyolmayman. Ikkinchi bo‘limda sal jonlandik. Lekin umumiy hisobda yomon harakat qildik. Chempionlar ligasi yoki Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsak, bunday qilmasliginimiz kerak, - dedi Muhammad Saloh.
Fikrlar