Iliya Topuriya Florentino Peresning rejalarini oshkor qildi

  • 29 fevral, 2024, 17:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres UFC musobaqalarini "Santyago Bernabeu"da o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi.

Ispaniya chempionatining 26 turidan o‘rin olgan “Real Madrid” – “Sevilya” (1:0) uchrashuvida gruziyalik jangchi Peres bilan uchrashgan.

Florentino meni tabrikladi, futbolka berdi va shunday dedi: "Biz bu erda UFC musobaqalarini o‘tkazmoqchimiz". Menimcha, Peres buni qanday amalga oshirishni biladi. Chunki u uzoqni ko‘ra oladi, buni hammamiz bilamiz", - deya Topuriya so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Topuriyaga tez orada Ispaniya fuqaroligi berilishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya(15-0) avstraliyalik Aleksandr Volkanovski(26-4) bilan jangda g‘alaba qozonib, yarim engil vazn toifasida UFC chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!