
Iliya Topuriya: "Holloueyni qariyalar uyiga yuboraman"
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya amerikalik Maks Holloueyga qarshi jang haqida gapirdi.
"Men qariyalar uyini ochdim. U erda Volkanovski uchun xona bor, shuningdek, Holloueyga ham joy topiladi. Uni 26 oktyabr kuni o‘sha erga yuboraman. Sen uchun hammasi bepul, xavotir olma, Maks", - dedi amaldagi UFC chempioni.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida Maks Xollouey(26-7)ga qarshi jang qiladi.
Fikrlar