
Iliya Topuriya "UFC 322" turnirida jang qiladi
Engil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya (17-0) bu yil oktagonga qaytadi. Uning menejeri Lukash Orzelning aytishicha, Topuriya 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan "UFC 322" turnirida kamarini himoya qiladi. Raqib sifatida divizion reytingida 5-o‘rinda turgan amerikalik Jastin Getji (26-5) tanlangan.
“Xayrli tun, Getji. UFC 322 da ko‘rishguncha”, — deb yozdi Orzel ijtimoiy tarmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur oqshom kardining markaziy to‘qnashuvi yarim o‘rta vazn chempionligi uchun Jek Della Maddalena va Islom Maxachev o‘rtasida kechishi rejalashtirilgan. Agar rossiyalik jangchi g‘alaba qozonsa, u Topuriyaga qarshi chiqishi mumkin.
Fikrlar