Iliya Topuriyam yoki Islom Maxachov? Bo Nikal javob berdi
Amerikalik taniqli MMA ustasi Bo Nikal engil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya va yarim oʻrta vazn chempioni Islom Maxachev oʻrtasidagi ehtimoliy jang uchun prognoz berdi.
"Iliya va Islom oʻrtasidagi bahsda kim gʻalaba qozonadi? Bu juda murakkab savol. Topuriya "stoyka"da juda kuchli. U men uchun vazn toifasidan qatʼi nazar eng yaxshi jangchi, ayniqsa, ketma-ket uchta muddatidan oldingi gʻalabadan soʻng.
Islom, albatta, ajoyib kurashchi, uning gaboriti ham katta, lekin baribir "Matador" yutishiga ishonaman. Chunki Iliya universalroq va uning zarba kuchi ogʻirroq vazn toifasiga oʻtganda ham saqlanib qoladi", - dedi amerikalik.
Avvalroq, Iliya Topuriya yozgacha oktagonga qaytmasligini maʼlum qildi.
Fikrlar