
Ilon Mask bilan jang uchun Mark Tsukerbergga murabbiy tayyor!
Kuni kecha Mark Tsukerberg va Ilon Mask MMA bo‘yicha jang o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi. Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra (34-9) bu xabarga o‘z munosabatini bildirib, Tsukerbergni bo‘lajak jangga birgalikda tayyorgarlik ko‘rishni taklif qildi.
"Salom Mark. Kel do‘stim birga mashg‘ulot qilamiz. Tayyor bo‘ling va menga qo‘shiling. Men Vegasga uchaman va biz mashg‘ulotlarni boshlashimiz mumkin ", -deb yozdi braziliyalik ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Charlz Oliveyra so‘ngi jangida Beneil Dariushni (22-5) mag‘lub etib, yana bir bor chempionlik jangida oktagonga ko‘tarilish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar